Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘istonda Ozarbayjon aviakompaniyasi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan Bokuga qaytmoqda.
Aliyev Rossiyadan uchib kelmoqda, u yerda u MDH rahbarlarining Sankt-Peterburgdagi norasmiy sammitida ishtirok etishi kerak edi. MDHning norasmiy sammitlari, odatda, rasmiy kun tartibisiz o‘tkaziladi. Ular doirasida MDH davlatlari rahbarlarining ikki va uch tomonlama uchrashuvlari ham o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Kreml sammitda Rossiyaning 2024-yilda MDHga raisligi yakunlari sarhisob qilinishi, shundan so‘ng davlat rahbarlari norasmiy muloqot o‘tkazishni rejalashtirgani haqida e’lon qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uchgan samolyoti 25 dekabr kuni ertalab Qozog‘iston g‘arbidagi Aktau shahri yaqinida halokatga uchradi. OAVning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bunga kemaning qushlar galasi bilan to‘qnashuvi sabab bo‘lgan.
Dastlab bortda 62 yo‘lovchi va besh ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tezkor shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 25 kishi tirik qolgan, ular kasalxonaga yotqizilgan.