2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyaga vizasiz kelgan chet el fuqarolari bir yil davomida 90 kungacha mamlakat hududida bo‘lishlari mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Hozirda xorijliklarning Rossiyada vizasiz bo‘lish muddati 180 kun ichida 90 kunni tashkil etadi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyaga vizasiz kelgan chet el fuqarosining bir kalendar yil davomida bo‘lish muddati 90 sutkadan oshmasligi kerak. 2002-yil 25-iyuldagi “Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida”gi 115-FZ-sonli Federal qonunda yoki Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Shuningdek, muddat qayd etilgan qonunga muvofiq uzaytirilishi mumkin.
Rossiyaga viza bilan kelgan chet el fuqarosining bo‘lish muddati, avvalgidek, vizaning amal qilish muddati bilan belgilanadi.