Toshkentda mototsiklchi 310 km/soat tezlikda harakatlangani uchun jarimaga tortildi
BMW S1000 RR mototsikli haydovchisi soatiga 310 km tezlikda harakatlanib, tezlik rejimini buzgan va Instagramda video e’lon qilgan. Qoidabuzarlik bir necha oydan keyin qayd etilgan. Endi u tezlikni soatiga 40 km dan oshirganlik uchun 3 375 000 so‘m jarimaga tortilishi mumkin.