Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida taʼziyada qatnashdi. Prezident matbuot kotibi jarayon aks etgan kadrlarni e’lon qildi.

Davlat rahbari Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi. Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni — Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.

Shavkat Mirziyoyev taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.