O‘zbekistonda Haj mavsumi 13-maydan boshlanib, 28-maygacha davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uzbekistan Airways, FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari har kuni Madinaga 9 ta aeroportdan: Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukusdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshiradi.

Ayni paytda ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash, guruh rahbarlarini tayinlash, safar oldi mashg‘ulotlarini o‘tkazish, safar oldidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, yo‘l hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bundan tashqari, guruh rahbarlari tomonidan ziyoratchilar bilan haj amallari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilmoqda.