Toshkentda metro yo‘lovchisiga tegajog‘lik qilgan yigit besh sutkaga qamaldi. Bu haqda sud qarorida aytiladi.

Hodisa 16-may kuni soat 10:10 da sodir bo‘lgan. Ayblanuvchi Shayxontohur tumanidagi “Paxtakor” metro bekatida bo‘lgan va qizni ko‘rgan, so‘ng uning oldiga kelib, belidan pastga qo‘lini tekkizgan.

Sudda erkak aybiga iqror bo‘lib, pushaymonligini va boshqa bunday qilmasligini aytdi. Sud qarori bilan yigitga Jinoyat kodeksining 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik) bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.