Samarqand viloyati Narpay tumanida 16 yoshli yigit cho‘kib ketdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Tumanning «Istiqlol» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Narpay kanalidan bir nafar o‘smirning jasadi topilgan. Jasad yigitning yaqin qarindoshlari tomonidan aniqlangan.
Tuman IIB ma’lumotiga ko‘ra, bir necha kun avval yigit yaqin qarindoshlari bilan kanalning Narpay tumani «Narpay» mahallasi hududidan o‘tuvchi qismiga cho‘milishga borgan. Cho‘milish paytida uni oqim olib ketdi.
Voqea joyi tuman prokuraturasi tergovchisi tomonidan ko‘zdan kechirilib, marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Narpay tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.