2025-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 31,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Mas’ul idora ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga ($4 mlrd) oshgan. Eksportga $14,8 mlrd (31,1 foizga oshdi), importga esa $16,4 mlrd (3,7 foizga oshdi) to‘g‘ri keldi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston dunyoning 189 ta davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshiradi. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi XXR (17,2%), Rossiya (15,4%), Qozog‘iston (5,7%), Turkiya (3,5%) va Koreya (2,3%) bilan qayd etildi.