Toshkent viloyatida sanitariya-gigiyena qoidalari buzilgani sababli uchta vaqtincha saqlash hibsxonasi yopildi. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ombudsmanning mintaqaviy vakili Quyi Chirchiq va Chinoz tumanlari IIB huzuridagi vaqtincha saqlash hibsxonalarida bo‘ldi. Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar bo‘yicha u IIVga so‘rov yuborgan. Keyinchalik kamchiliklar bartaraf etildi.
Quyi Chirchiq tumani IIO FMBga ventilyatsiya tizimi va radiotranslyatsiya qurilmasi o‘rnatildi. Kameralar kerakli jihozlar bilan ta’minlandi, sayr qilish uchun hovli va hojatxonalar ta’mirlandi. Shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalari buzilgani sababli Chinoz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi SIUlar yopilgani aytilmoqda. IIV shunday buyruq chiqardi.