26-may kuni Toshkentda 4 kishi ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida sodir bo‘lgan. ZEEKR, Matiz, “VAZ-2105” va Nexia-2 avtomobillari o‘zaro to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida ZEEKR rusumli avtomashina haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.