O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab profilaktika inspektorlari o‘zlarining himoyasini oshirish uchun bodikameralar bilan ta’minlanadi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Rahimjon Naimovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, hokimiyat kerakli qurilmalarni sotib olish uchun pul ajratgan, chunki ular profilaktika inspektorlarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlaydi.
Misol tariqasida Rahimjon Naimov huquq-tartibot idoralari xodimlarining xizmat faoliyati davomida ularga isbotlash qiyin bo‘lgan tan jarohati yetkazish holatlari qayd etilayotganini keltirdi.
Bundan tashqari, ba’zi fuqarolar profilaktika inspektori ularga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganini aytmoqda, ammo bunga dalillar yo‘q. Bu kabi holatlarga chek qo‘yish maqsadida inspektorlar bodi-kameralar bilan to‘liq ta’minlanadi, — dedi IIV vakili.