O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyda yapon bosqinchilariga qarshi urushda va Ikkinchi jahon urushida xitoy xalqi g‘alabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda ishtirok etadi. Bu haqda CCTV telekanali xabar bermoqda.
Tantanali tadbir 3-sentyabr kuni Pekindagi Tyananmen maydonida bo‘lib o‘tadi. Qayd etilishicha, bayramda 26 nafar xorijiy davlat rahbarlari, jumladan, Vladimir Putin va KXDR yetakchisi Kim Chen In ishtirok etadi. Shuningdek, paradga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston rahbarlari tashrif buyuradi.
Paradda Xitoy harbiy-havo kuchlari bir necha turdagi qiruvchi samolyotlarni, jumladan, ularning modernizatsiya qilingan modellarini namoyish etishi rejalashtirilgan. Yuqori martabali mehmonlar ro‘yxatiga quyidagilar ham kiritilgan:
- Kamboja qiroli — Norodom Siamoni;
- Vyetnam prezidenti — Liong Kyong;
- Laos prezidenti — Txоnglun Sisulit;
- Indoneziya prezidenti — Prabovo Subianto;
- Malayziya bosh vaziri — Anvar Ibrohim;
- Mo‘g‘uliston prezidenti — Uxnaagiyn Xurelsux;
- Pokiston bosh vaziri — Shahboz Sharif;
- Nepal bosh vaziri — Kxadga Prasad Sharma Oli;
- Maldiv prezidenti — Muhammad Muizzu;
- Belarus prezidenti — Aleksandr Lukashenko;
- Ozarbayjon prezidenti — Ilhom Aliyev;
- Armaniston prezidenti — Nikol Pashinyan;
- Eron prezidenti — Masud Pezeshkiyon;
- Kongo prezidenti — Deni Sassu-Nguesso;
- Zimbabve prezidenti — Emmerson Mnangagva;
- Serbiya prezidenti — Aleksandr Vuchich;
- Slovakiya bosh vaziri — Robert Fitso;
- Kuba yetakchisi — Migel Dias-Kanel;
- Myanma prezidenti vazifasini bajaruvchi — Min Aung Xlayn.