O‘zbekistonda texnikumlarda yangi o‘quv yili 3 sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘ida keltirilgan.
Respublika professional ta’lim tashkilotlarida 2025-2026-o‘quv yilining boshlanish sanasi 3-sentyabr etib tasdiqlandi.
9-sinf negizida shakllangan guruhlar hamda o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining 2-3-bosqich talabalari uchun o‘quv mashg‘ulotlari shu sanadan boshlanadi.