30-avgust kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati kunduzi 30-40 daraja, janubda 40 darajagacha, sharqda 37 darajagacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 34-36° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 23-28°, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda shamol kuchayadi.