Toshkentda bir oy davomida poytaxt aholisi suv ta’minotida uzilishlar kuzatiladi, deb xabar bermoqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” matbuot xizmati.

2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida yirik suv tarmoqlarida rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan iste’molchilarga 9-sentyabrdan 9-oktyabrgacha Toshkent shahrida bosim pasayishi va ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi haqida ma’lumot berildi.

Suv o‘chiriladigan joylarining to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.