AQSH hududida bo‘lish uchun qonuniy asoslar yo‘qligi sababli deportatsiya qilingan 39 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Reys 7-sentyabr kuni uchib keldi. Elchixonaning qayd etishicha, bu AQShning o‘z chegaralari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davom etayotgan qator harakatlarining navbatdagisi bo‘ldi.

AQSH noqonuniy immigratsiyani to‘xtatish, mamlakat va fuqarolar chegaralarini himoya qilish tarafdori. Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy kirgan shaxslar qamoq jazosiga va deportatsiyaga hukm qilinadi.

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston hukumatiga deportatsiya operatsiyalariga ko‘maklashish bo‘yicha yaqin hamkorlik uchun yana bir bor chuqur minnatdorlik bildirdi.