Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Boris Avakyanni ayovsiz kaltaklagan Akmal Shukurov ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sudlanuvchining advokati iltimosiga ko‘ra, sud jarayoni ochiqdan yopiqga o‘tkazildi. Akmal Shukurov Jinoyat kodeksining dastlabki ikki moddasi o‘rniga uchta modda bo‘yicha ayblanmoqda:
- 104-modda 2-qismining “e” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish);
- 168-modda 3-qismining “a, g” bandlari, 4-qismining “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik);
- 277-modda 3-qismining “g” bandi (bezorilik).
Dastlab unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277 va 104-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingan. Oliy sud ushbu holat bo‘yicha adolatli va qonuniy sud qarori chiqarilishiga va’da berdi.