2025-yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrida 4 350 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Bu haqda Open data Tashkent’da ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p YTH Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan — 561 ta. Keyingi o‘rinlarda Chilonzor (555) va Yashnobod (554) tumanlari turadi.
Quyida qolgan ro‘yxat keltirilgan:
- Mirzo Ulug‘bek tumani — 475;
- Shayxontohur tumani — 363;
- Olmazor tumani — 337;
- Uchtepa tumani — 316;
- Sergeli tumani — 288;
- Mirobod tumani — 269;
- Bektemir tumani — 217;
- Yakkasaroy tumani — 210;
- Yangihayot tumani — 205.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda YTH joylarini 3D modellashtirish, videotexnika va fototexnika ekspertizasi xizmatlarini joriy etishmoqchi. Ekspertizaning yangi turlarini joriy etishda inson omili ta’sirini istisno etadigan raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan dasturlardan keng foydalaniladi.