Shavkat Mirziyoyev IIO xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, medal va ordenlar mamlakat ichki ishlar organlaridagi xizmatlari, jamoat xavfsizligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktika ishlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati, o‘z burchini sharaf va mas’uliyat bilan ado etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun berilgan.

Farmonga muvofiq, quyidagi tizim xodimlari mukofotlandi:

II darajali «Shon sharaf» ordeni bilan

Ashropov Ramazon Axmatxo‘jayevich – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

«Mardlik» ordeni bilan

Torebekov Baxtiyar Ismandiyarovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri

Xusanov Ilyos Pardayevich – Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori

«Do‘stlik» ordeni bilan

Maxmudova Mariya Stepanovna – Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi katta eksperti

Tashxodjayev Ulug‘bek Shuxratovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig‘i

Xatamov Rustam Abduganiyevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i

«Jasorat» medali bilan

Abbasov Avliyo Israilxonovich – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

Karimkulova Sayyora Kudratovna – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi kichik inspektori

Xaitov Abdunayim Xayrullayevich – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili

Xudaynazarov Sanjar Farxodovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Abbasov Rustam Abdullajanovich – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining maslahatchisi

Isayev Istam Qoryog‘diyevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari harbiy qism guruh komandiri o‘rinbosari

Maxmudov Xurshid Xusanovich – Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani ichki ishlar boshqarmasi probatsiya guruhi inspektori

Masharipov Atabek Sultanbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Mirzajanov Muhammadjon Komiljanovich – Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori

Taganov Rasulbek Sobirovich – Xorazm viloyati Urganch shahar ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi bo‘linma komandiri

Uralov Jaxongir Mamatkulovich – Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori

Xolmatov Baxodir Fozilovich – Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili

Choriyev Shuxrat Amirovich – Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Shamalov Tuychibay Dexkambayevich – Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi inspektori

Egamova Dilfuza Rabbimkulovna – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi

«Shuhrat» medali bilan

Jumanov To‘lqinboy Sattorovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi departament boshlig‘i o‘rinbosari

Qulturayev Utkir Quyliyevich – Surxondaryo viloyati Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i

Xasanov Dilshod Uktamjonovich – Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

Xudoyberdiyev Sherzod Sayfulloyevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand aeroportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasi boshlig‘i

Eraxmatov Dilshodbek Rejabovich – Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni bo‘linma komandiri