25-oktyabr kuni Toshkentda kiyim-kechak do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, voqea Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. Hodisa haqidagi signal 15:24 da kelib tushgan. Ikki daqiqadan so‘ng voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib kelgan. Yong‘in soat 15:37 da to‘liq bartaraf etilgan.

FVV xabariga ko‘ra, yong‘in to‘qqiz qavatli turar-joy binosining birinchi qavatida joylashgan savdo xonasining taxminan 10 kvadrat metr maydonini qamrab olgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.