25-oktyabr kuni Namangan viloyatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea Chust tumanida sodir bo‘lgan. Soat 18:47 da Birlik mahallasida joylashgan faoliyati to‘xtagan yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan, yong‘in sodir bo‘lmagan.

10 tonnalik yoqilg‘i rezervuarini ko‘chirish vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgan, shundan so‘ng portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda payvandlash ishlari bilan shug‘ullangan ishchi halok bo‘lgan. Hozirda hodisa sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.