Prezident O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Endilikda o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan va tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan hisoblanadi.

O‘smir 18 yoshga to‘lgunga qadar jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin qasddan yangi og‘ir jinoyat sodir etgan hollar bundan mustasno — bu holda sudlanganlik saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarga tayinlanadigan jazolarning eng kam muddatlari qisqartirilmoqda: ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish endi bir oydan boshlab tayinlanishi mumkin (ilgari — olti oydan).

O‘zgartirishlar voyaga yetmaganlarga nisbatan jazolarni liberallashtirish va huquqni qo‘llashda ko‘proq insonparvarlikni ta’minlashga qaratilgan.