Toshkent shahrida aholi, byudjet va ulgurji tashkilotlar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflari oshiriladi. Bu haqda poytaxt hokimining qarorida aytiladi.

Hujjat quyidagi narxlarni tasdiqlaydi:

  • bazaviy tarif — 711 641 so‘m/Gkal (QQSsiz);
  • aholi uchun — 139 860 so‘m/Gkal (QQSsiz);
  • byudjet tashkilotlari uchun — 925 797 so‘m/Gkal (QQSsiz);
  • boshqa ulgurji tashkilotlar uchun — 342 296 so‘m/Gkal (QQSsiz).