Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing xalqaro tashkilotining yangilangan reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda tashkilotning Instagramdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonlik bokschilar 10 ta vazn toifasidan 6 tasida peshqadamlik qilmoqda. Birinchi o‘rinlarni Abdumalik Xalokov (60 kilogramm), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (65 kilogramm), Fazliddin Erkinboyev (75 kilogramm), Jahongir Ummataliyev (80 kilogramm), Akmaljon Isroilov (85 kilogramm) va To‘rabek Habibullayev (90 kilogramm) egallab turibdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston umumiy reytingda birinchi, Qozog‘iston esa ikkinchi o‘rinni egalladi.