1-noyabrdan 30-noyabrgacha keksalar uchun turizm sohasidagi xizmatlar: transport, joylashtirish va madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish uchun chegirmalar joriy etiladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab hududlarda faoliyat yuritayotgan joylashtirish vositalari xizmatlariga 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi. Uzbekistan Airways 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun barcha ekonom-klass chiptalariga 15% gacha chegirma taqdim etadi. Ushbu taklif aviakompaniyaning mahalliy reyslarida noyabr oyining oxirigacha amal qiladi.

Bundan tashqari, ushbu toifadagi fuqarolar uchun

  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ barcha ichki yo‘nalishlardagi (Afrosiyob tezyurar elektropoyezdlaridan tashqari) poyezdlar uchun tarif qismidan 20% chegirma e’lon qiladi;
  • Madaniy meros agentligi tasarrufidagi davlat muzeylari va madaniy meros obyektlariga kirish chiptalariga 10 foizgacha chegirmalar joriy etildi;
  • “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi ziyoratgohlarga tashrif buyurish uchun 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.