Samarqandda 30-oktyabrdan 14-noyabrgacha kirish yo‘llari yopiladi. Viloyat IIBda aylanma xarita taqdim etildi.

Shahar ilk bor YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi. Tranzit transport vositalari uchun aylanma yo‘llar tashkil etilib, QR-kodli flayerlar tayyorlangan bo‘lib, uning yordamida haydovchilar mobil ilova orqali o‘z manzillariga yetib olishlari mumkin bo‘ladi.

Samarqandga borishni rejalashtirayotgan fuqarolardan uni boshqa sanalarga qoldirish so‘ralgan.