28-oktyabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanida elektr ta’minotida uzilish yuz berdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’muriyat ma’lumotiga ko‘ra, “Olmos” podstansiyasidagi eski tayanchlar demontaj qilinishi munosabati bilan “Mahorat-2” fider podstansiyasi, Qibray shahridan ta’minlanuvchi 16-uyada elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Barcha xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda montaj-tiklash ishlari olib borilmoqda. Quyidagi ko‘cha va mavzelarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
- Qiyotariq ko‘chasi;
- Argin ko‘chasi;
- Abadiyat ko‘chasi;
- Bahor ko‘chasi;
- Nafosat ko‘chasi;
- Yangi hayot mavzesi;
- Pungan, Tovqintepa, Argin mahallalari.
Ishlar yakunlangach, taxminan soat 17:00 da elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi.