28-oktyabr kuni Toshkentning yetti tumanida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar bermoqda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu munosabat bilan quyidagilar gazsiz qoldirildi:
- Chilonzor tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: Beshqayrag‘och mahallasi;
- Yakkasaroy tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: Rakatboshi mahallasi;
- Mirzo Ulug‘bek tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: Iqtidor va Chingeldi mahallalari;
- Olmazor tumani, soat 10:00 dan 17:30 gacha: Ibrohimota va Gulzor mahallalari;
- Sergeli tumani, soat 10:00 dan 17:00 gacha: So‘g‘diyona va Sofdil mahallalari;
- Yangihayot tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: Olchazor va Xo‘ja Uchqun mahallalari;
- Yashnobod tumani, soat 08:00 dan 18:00 gacha: Olmos va Jarboshi mahallalari.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.