Qoʻqondagi mehmonxonada qiz bola zoʻravonlikka uchradi: gumonlanuvchi qamoqda

Qoʻqonda mehmonxonalardan birida 13 yoshli qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etilgani yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchi ushlangan va qamoqda saqlanmoqda, jabrlanuvchi bilan psixologlar va yuristlar ishlamoqda.

O‘zbekiston
Фото: Joe Gratz

Tafsilotlarni Ijtimoiy himoya milliy agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi maʼlum qildi.

Idora maʼlumotlariga koʻra, voqea 28-sentabr kuni sodir boʻlgan. Ertasi kuniyoq Qoʻqon shahar prokuraturasi oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddasi — Jinoyat kodeksi 128-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.

Gumonlanuvchi ushlandi, 30-sentabr kuni unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllandi. Ekspertizalar tayinlandi, tergov davom etmoqda.

Qizga psixologlar va yuristlar yordam bermoqda: ular uning huquq va manfaatlarini himoya qilib, oʻziga kelishiga koʻmaklashmoqda. Vaziyat agentlik xodimlari nazoratida.

Avvalroq Toshkentda bir talaba voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilgani uchun uch yillik uy qamogʻiga hukm qilingani xabar qilingan edi.

Ulashish
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Qashqadaryodagi zavod yoʻl uchun archalarni kesib, ruxsatsiz koʻmir qazib olgan O‘zbekiston Fargʻonada bolalar zaharlanishiga sabab boʻlgan yetkazib beruvchi rahbari baribir qamoqqa yuborildi O‘zbekiston O‘zbekistonda 11-noyabrda harorat keskin pasayadi O‘zbekiston Yangi uylardan kvartira oluvchilar aldovdan himoyalanadi: deputatlar qonun qabul qildi O‘zbekiston