Ba’zi fuqarolar uchun elektr energiyasi bo‘yicha 50 foizgacha chegirmalar joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 40 ta zamonaviy tezyurar elektropoyezd xarid qilish boʻyicha tender eʼlon qildi. Yangi tarkiblardan poytaxtni yaqin atrofdagi yirik shaharlar bilan bogʻlash uchun foydalaniladi. Angren, Bekobod, Keles, Xoʻjakent va Jizzax shaharlari asosiy yoʻnalishlar etib belgilandi.
KG Group qurilish kompaniyasi asoschisi Imamidin Tashov Qirgʻizistonda sud qarori eʼlon qilinganidan keyin oʻz boʻynini kesishga uringan. U hokimiyatni zoʻrlik bilan egallashga urinish, hokimiyatni qoʻlga olishga ommaviy daʼvatlar qilish va davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtishda ayblanmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent–Xoʻjakent yoʻnalishi boʻyicha yangi elektropoyezdni koʻzdan kechirdi. Safar chogʻida davlat rahbari temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, yoʻlovchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, yoʻl boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha hisobotlarni tingladi.
Dam olish kunlari Oʻzbekistonda tuman va qor yogʻishi kutilmoqda. Harorat noldan pastga tushadi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovga qoʻngʻiroq qilib, uni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi. Japarov 56 yoshga toʻldi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bosh vazir Mishel Barnening isteʼfoga chiqish haqidagi iltimosini qabul qildi. Qisqa vaqt ichida davlat rahbari yangi bosh vazirni tayinlaydi va yangi hukumat tuziladi.
Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida qoʻshimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Qoʻshimcha reyslar 2024-yil 15-dekabrdan 31-dekabrgacha, shuningdek, 2025-yil 3-yanvardan 12-yanvargacha amalga oshiriladi.
Kelgusi yilda Oʻzbekistondan 800 nafargacha malakali mutaxassis Janubiy Koreyaning “Samsung Heavy Industries” korxonalarida taʼlim olib, ish bilan taʼminlanadi. Mutaxassislarga uch yillik E-7 ish vizasi beriladi.
Shavkat Mirziyoyev avtomobilsozlik sohasidagi ustuvor vazifalar haqidagi taqdimot bilan tanishdi. 2025-yilda BYD elektromobillari uchun 60 ta detal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish ularning tannarxini pasaytirish imkonini berishi taʼkidlandi.
Navoiy viloyatida maktablar yaqiniga radarlar oʻrnatildi. Ular 30 km/soatlik tezlik chegarasidan oshgan haydovchilarni qayd etadi.
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida dori vositalari va tibbiy jihozlarni xarid qilish boʻyicha yagona markaz tashkil etiladi. 2025-yildan boshlab markaz mahsulotlarni ularning ishlab chiqaruvchilari yoki rasmiy vakillaridan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotib olish huquqiga ega boʻladi.
Qashqadaryo viloyati 2025-yilda 3,5 milliard dollar investitsiya jalb qilib, eksportni 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi.
Toshkentda mashhur aviaspotter Muhammadrasul Muhiddinov yana hibsga olindi. IIV maʼlum qilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga spotterlar boʻyicha koʻrsatmalar berilgan, tegishli xulosalar chiqarilmoqda.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrta maxsus taʼlim muassasalari uchun taʼtilni 25-dekabrdan boshlash toʻgʻrisidagi buyruqni imzoladi.
Soat 09:00 dan boshlab Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi dovonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Mashgʻulotlar davomida yirik toshlarni tashlash ishlari bajariladi, shu munosabat bilan dovon vaqtincha harakat uchun yopiladi.
Qozogʻiston va Qirgʻiziston 280 km uzunlikdagi “Olmaota — Uzinagʻash — Kastek — Mixaylovka — Choʻlpon-Ota” yoʻlini qurishga kelishib oldi.
DXX rahbari lavozimini tark etgan Abdusalom Azizov prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Maslahatchi lavozimiga esa sobiq adliya vaziri Ruslanbek Davletov tayinlandi.
3-dekabr kuni Pekinda “Xitoyda Oʻzbekiston turizm yili”ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bir necha kun avval mamlakatlar 30 kunlik vizasiz rejim joriy etish toʻgʻrisidagi bitimni imzolagandi.
Toshkent viloyati va Navoiyda hokim yordamchilari pul olgan, mablagʻlarni talon-toroj qilgan vaqtida ushlandi. Ikkala amaldor ham ilgari sudlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda 7-dekabrdan Toshkent–Urganch–Xiva yoʻnalishi boʻyicha temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida maʼlumot tarqaldi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” bu maʼlumotni rad etdi.
Toshkent shahridagi 65 va 214-maktablarda oʻquvchilar orasida “A” gepatit holatlari aniqlangandan soʻng, sanitariya tekshiruvlari oʻtkazildi. Mutaxassislar gigiyena, tozalash qoidalariga rioya qilinishini baholadi.
“Paxtakor” klubi rahbari Jahongir Ortiqxoʻjayev klubning shu nomdagi stadioni rekonstruksiya qilinishi haqida maʼlum qildi. U FIFA talablariga javob berishi vaʼda qilinmoqda.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida maktab oʻquvchilari kechikkani uchun jazo tariqasida yomgʻir ostida safga tizilgani aks etgan video tarqaldi. Voqea 96-maktabda sodir boʻlgan va hozirda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Kongo Demokratik Respublikasida 140 dan ortiq fuqaro nomaʼlum kasallikka chalinib vafot etdi. Kasallangan odamlar dori-darmon yetishmasligi tufayli hayotdan koʻz yummoqda, kasallanganlar soni esa ortib bormoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusda ketayotgan erkak qiz jemperini yechganidan gʻazablanib, yuziga tupurgani aks etgan video tarqalgandi. Sud uni 10 sutkaga maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qildi.
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida gaz taʼminoti qisman toʻxtatiladi. Mutaxassislar rejadagi taʼmirlash ishlarini olib borishadi. 400 dan ortiq kvartira, 310 ta xonadon va 18 ta yirik isteʼmolchi gaz taʼminotisiz qoladi.
Oʻzbekistonda uy qamogʻi yoki ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan mahkumlarni nazorat qilish uchun elektron bilaguzuklar va dasturiy taʼminot ishlab chiqila boshlandi.
Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi fuqarolarni odamlar gavjum joylardan uzoqroq yurishga chaqirdi va favqulodda vaziyat yuz berganda murojaat qilish uchun telefon raqamlarini taqdim etdi.
Buxoroning tarixiy obektlari atrofida mototsikl, skuter va boshqa mototransport vositalarida yurish taqiqlandi. Cheklovlar ushbu transport turi sayyohlar va mahalliy aholi uchun xavfsizlikka tahdid solayotgani bilan bogʻliq.
Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov mamlakat suverenitetiga tahdid solayotgan shaxslar uchun cheklovlarni nazarda tutuvchi chet el fuqarolarining Oʻzbekistonda boʻlishi toʻgʻrisidagi qonun zarur hollarda qoʻllanilishini maʼlum qildi. Agar suverenitetga tahdid boʻlsa, albatta qoʻllaymiz, deya xulosa qildi u.