Ba’zi fuqarolar uchun elektr energiyasi bo‘yicha 50 foizgacha chegirmalar joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
Toshkentda sport oziq-ovqat do‘koni yonida bepul kreatin tarqatish tufayli to‘polon yuz berdi. Holat bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqdi.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov Toshkentda sanoatni rivojlantirish uchun deyarli yer qolmaganini aytdi.
Namangan viloyatida yo‘lovchi poyezdi Gentra avtomobili bilan to‘qnashib ketdi. Salonda olti kishi — besh ayol va bir yosh bola bo‘lgan, ularning barchasi voqea joyida halok bo‘lgan. Haydovchi YHQni qo‘pol ravishda buzgan va yaqinlashib kelayotgan tarkibning oldidan yo‘lni kesib o‘tishga uringan.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° atrofida bo‘ladi.
14–15-sentyabr kunlari Yerda “qizil” darajadagi magnit bo‘roni kuzatiladi. Magnit bo‘ronlarining ta’sirini surunkali kasalliklarga chalingan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
2025-yil boshidan buyon Toshkent shahrida 6 182 nafar chiptasiz fuqaroga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.
Toshkentda fuqaro IES quvuriga chiqib olgan va mustaqil ravishda pastga tushishdan qo‘rqqan, voqea guvohlari qutqaruvchilarni chaqirishgan.
13-sentyabrda faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat 30-35° bo‘ladi, ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Toshkentda havo harorati 31-33° bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
O‘zbekiston prezidenti Qatar amiri bilan telefon orqali muloqot qilib, Isroilning Dohaga bergan zarbasini qoraladi. Shavkat Mirziyoyev Qatar mustaqilligi va suverenitetini buzadigan, uning xavfsizligiga tahdid soladigan bunday nomaqbul xatti-harakatlar BMT nizomiga, xalqaro huquqning asosiy norma va prinsiplariga zid ekanini ta’kidladi.
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy O‘zbekiston va Tojikistonni 2021-yilda Afg‘oniston hukumati qulaganidan keyin mamlakatdan olib chiqib ketilgan harbiy vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi. Navbatdagi iltimos insonparvarlik maqsadlari uchun zarurligi bilan izohlanmoqda.
Toshkentda kamida 68 bola halok bo‘lgan “Dok-1 Maks” ishi doirasida 3,2 million donadan ortiq xavfli dorilar yo‘q qilinishi boshlandi. Dori vositalari ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda maxsus pechda yoqish orqali yo‘q qilinadi.
1-iyundan boshlab 60 mingdan ortiq haydovchi ballar tizimiga kiritildi. Butun mamlakat bo‘yicha atigi 4 nafar haydovchi 5 ballgacha to‘plagan, 63 ming nafari esa 1 ballga ega bo‘lgan.
130 yoshli farg‘onalik Huvaydo Umarova O‘zbekistonning eng keksa fuqarosi deb topildi, u Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa odam sifatida kiritilishi mumkin.
2025-yil boshidan buyon Toshkent aeroportida 535 ta taqiqlangan buyumlar olib qo‘yildi. Uzbekistan Airports ushbu buyumlarning aksariyati yo‘lovchilar va ekipaj xavfsizligiga potensial tahdid tug‘dirishini ma’lum qildi.
Toshkentda yo‘llarni ta’mirlash vaqtida ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartirildi. Ta’mirdan so‘ng ular odatdagi yo‘nalishlarda harakatlanishda davom etadi.
O‘zbekiston va Rossiya kirish tartibini o‘zgartirishni ko‘rib chiqmoqda. Hozirda tomonlar ayrim jihatlar bo‘yicha kelishuv ishlarini olib bormoqda, xususan, ichki pasportlar bilan kirish imkoniyati muhokama qilinmoqda.
O‘tgan qishda ekologlar Toshkentda 600 dan ortiq issiqxonani tekshirdi. Ularning 40 tasida rezina chiqindilari va avtomobil shinalarini yoqish holatlari qayd etilgan.
Toshkentda maktab o‘quvchisi Spark haydab, YPX xodimining mashinasiga urilishi oqibatida jiddiy YTH sodir etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
12-sentyabr kuni “Уральские авиалинии” aviakompaniyasining Irkutsk—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 2719-sonli reysni amalga oshirayotgan A-319 samolyoti dvigatelga qush tushib qolgani sababli aeroportga qaytdi. Tergov boshlandi.
Davlat rahbari Toshkent viloyatining barcha tumanlarini poytaxt bilan tezyurar elektropoyezdlar orqali bog‘lash vazifasini qo‘ydi. Viloyatda 2,5 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan, prezident amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini muhokama qildi.
Afg‘oniston OAV O‘zbekiston 2021-yilda sobiq tuzum ag‘darilganidan keyin mamlakatdan olib chiqib ketilgan 57 ta harbiy vertolyotni mamlakatga qaytarishga tayyorlanayotgani haqida yozgandi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotni rad etdi.
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar davom etadi. Dastlabki 17 kun davomida ma’lumotlarni yig‘ish internet orqali onlayn tarzda, keyingi bir oy davomida esa mahalla yettiligi vakillari ishtirokida uyma-uy (xonadonma-xonadon) yurish usulida amalga oshiriladi.
“Toza havo” aksiyasi doirasida Toshkent shahridagi 586 ta avtotransport vositasida atmosferaga zararli gazlar me’yoridan ortiqcha chiqarilgani aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etildi.
12-sentyabrda O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoli-g‘arbda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi harorat 23-39° bo‘ladi.
2025-yil noyabr oyida isitish mavsumi uchun ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan beriladi. Ushbu toifadagi shaxslar joriy yilning 25-sentyabriga qadar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Karib dengizining sharqiy qismidagi Sent Lyusiya orol davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan.
11-sentyabrdan 1-oktyabrgacha Toshkentning Uchtepa tumanidagi Lutfiy ko‘chasining bir qismi transport harakati uchun yopiladi.
10-sentyabr kuni Nukus shahridagi poligonda o‘tkazilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida portlash sodir bo‘ldi, Milliy gvardiyaning o‘nga yaqin harbiy xizmatchisi jarohatlandi. Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda ularning salomatligi xavotirli emas.
O‘zbekistonda vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlarining formali kiyimini qonunga xilof ravishda kiyganlik, shuningdek, tashqi ko‘rinishi harbiy yoki idoraviy formaga o‘xshash kiyimdan foydalanganlik uchun jazoni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Toshkentning Yakkasaroy tumanida sex yonib ketdi. Voqea joyiga FVV boshlig‘i va poytaxt FVB boshlig‘i yetib borgan. Yong‘in 30 daqiqada o‘chirilgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.