Kaliforniyaning San-Fernando vodiysida gʻayrioddiy artefakt topildi: 1989 va 1991-yillar oraligʻida Maykl Jeksonning nashr etilmagan yozuvlari boʻlgan 12 ta kasseta. Kolleksiya Greg Masgrouv tomonidan ilgari musiqa prodyuseri Brayan Lorenga tegishli boʻlgan tashlandiq omborxonada topilgan, deb yozadi TASS.
Masgrouvning aytishicha, baʼzi qoʻshiqlar haqidagi mish-mishlar internetda tarqalgan boʻlsada, ularning aksariyati keng ommaga maʼlum emas edi. Tasmalardan biri Jekson va, ehtimol, Loren oʻrtasidagi suhbat lentasi edi. “Bu ajoyib — Maykl Jeksonning gapirayotgani va hazillashayotganini eshitish. Buni ilgari hech kim eshitmagan”, — dedi u.
Toʻplamda, shuningdek, 90 yillarda ommaviy axborot vositalarida paydo boʻlgan mish-mishlarga javob boʻlgan “Donʼt Beliyeve It” qoʻshigʻi, shuningdek, Jekson LL Cool J bilan rep oʻqigan “Truth on Youth” treki ham mavjud.
Kassetani sotib olishdan bosh tortgan musiqa huquqi egalariga murojaat qilgandan soʻng, Masgrouv ularni auksion uylari orqali sotuvga qoʻyishni rejalashtirmoqda.