2025-yilda tug‘ilgan bolalar yangi avlodning ilk vakillari bo‘ladi

Dunyo

2025-yilda tug‘ilgan bolalar beta`ning yangi avlodining birinchi vakillari bo‘ladi. Bolalarning yangi avlodi iqlim o‘zgarishi, global aholi migratsiyasi va jadal urbanizatsiya kabi “jiddiy ijtimoiy muammolar” bilan kurashayotgan dunyoni meros qilib oladi.

2025-yilda tug‘ilgan bolalar yangi “beta” avlodining birinchi vakillari bo‘ladi, deb yozadi Amerikaning New York Post (NYP) nashri demograf Mark Makkrindlga tayanib.

“Taxminan 2039-yilgacha davom etadigan “beta” avlodi 2010-yildan 2024-yilgacha davom etgan "alfa" avlodidan keyin keladi”, — deyiladi maqolada.

Makkrindlning fikricha, bolalarning yangi avlodi iqlim o‘zgarishi, global aholi migratsiyasi va jadal urbanizatsiya kabi “jiddiy ijtimoiy muammolar” bilan kurashayotgan dunyoni meros qilib oladi.

Shuningdek, demografning qo‘shimcha qilishicha, 2035-yilga borib “beta” avlodi dunyo aholisining 16 foizini tashkil qiladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.