Osiyo boks konfederatsiyasi qit’aning eng yaxshi sportchilarini aniqladi

O‘zbekiston

Osiyo boks konfederatsiyasi qit’adagi eng yaxshi sportchilar reytingida o‘zbekistonlik uch nafar sportchini qayd etdi.

Foto: MOQ matbuot xizmati

Osiyo boks konfederatsiyasi yil yakunlarini sarhisob qilib, qit’adagi eng yaxshi sportchilarni aniqladi. Gʻoliblar orasida o‘zbekistonlik uch nafar vakil bor.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Osiyo boks konfederatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Milliy sport mukofoti — 2024”ni topshirish marosimi natijalariga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Bundan tashqari, kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘lgan Feruza Kazakova U22 toifasida eng yaxshi deb topildi. O‘smirlar o‘rtasidagi qit’a chempionati g‘olibi Maftuna Yangiyeva ham o‘z yosh toifasida e’tirof etildi.

Osiyo boks konfederatsiyasi boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga joriy yil Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.