O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2025-yilning birinchi kunida 1641 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ularning 796 nafari o‘g‘il bolalar, 845 nafari qiz bolalardir. Shuningdek, 22 juft egizak va bitta uch egizak tug‘ildi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati yetakchilik qiladi, u yerda 244 nafar chaqaloq ro‘yxatga olingan. Keyingi o‘rinlarni Samarqand (186), Qashqadaryo (181) va Surxondaryo (172) viloyatlari egallagan. Toshkent viloyatida 150 nafar, poytaxtda 139 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
Eng kam chaqaloqlar Navoiy viloyatida paydo bo‘ldi — 42 nafar. Andijon viloyatida — 90, Jizzaxda - 87, Buxoroda — 86, Xorazmda — 83, Qoraqalpog‘istonda — 71 nafar bola tug‘ildi. Namangan va Sirdaryo viloyatlarida mos ravishda 65 va 45 nafar chaqaloq qayd etilgan.
So‘nggi yillarda yangi yilning birinchi kunida tug‘ilish soni o‘zgarib turdi. Masalan, 2018-yilda 1961 nafar, 2019-yilda 1708 nafar, 2020-yilda esa 974 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. 2021 yilda 1644 ta, 2022 yilda 2316 ta, 2023 yilda 2155 ta, 2024 yilda esa 1859 ta chaqaloq qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, bayram kunlari mamlakatimizda tug‘ruqxonalarda olti mingdan ortiq mutaxassislar, jumladan, akusher-ginekolog, neonatolog va hamshiralar faoliyat yuritmoqda.