Toshkent avtobuslari kun davomida rekord darajadagi yo‘lovchilar tashidi

O‘zbekiston

Avtobuslar bir kunda Toshkentda rekord darajadagi — 1,3 million yo‘lovchini tashidi. Poytaxt avtobuslarida yo‘lovchilar oqimi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 38,6 foizga oshgan.

Toshkent shahar avtobuslarida navbatdagi rekord qayd etildi, deb xabar berdi “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

13-yanvar, dushanba kuni tashilgan yoʻlovchilar soni 1 332 974 nafarga yetdi. Taqqoslash uchun faqat oʻtgan yilning dushanbasi ham keltiriladi. Shunday qilib, 2024-yil 15-yanvar holatiga koʻra, tashilgan yoʻlovchilar soni 961 639 nafarni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, yoʻlovchi tashish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 38,6 foizga oshgan.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahri avtobuslarida yoʻlkira haqini toʻlashda naqd pul mablagʻlaridan foydalanish toʻxtatildi. Yoʻlkira narxi 3000 soʻmgacha oshirildi.

Transport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, poytaxtda 5000 dan ortiq Paynet, MultiPay va Oson infokioskalari mavjud boʻlib, ular yordamida QR-kodli bir martalik chipta sotib olish mumkin.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.