Dam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston

Dam olish kunlari O‘zbekistonda sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja atrofida bo‘ladi.

Фото: Взгляд.uz

Juma va dam olish kunlari O‘zbekistonda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, shimolda qor ko‘rinishida, qolgan hududlarda asosan yomg‘ir shaklida, 18−19 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida faqat 19-yanvarda yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari havo harorati kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−10 m/s tezlikda esadi, 18−19 yanvarda ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda 18 yanvar kuni kechqurun va 19 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol kuchsizdan mo‘tadilgacha.

Shanba va yakshanba kunlari harorat kechasi 0...+2, kunduzi +4...+7 daraja atrofida bo‘ladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.