Buxoro viloyati Shofirkon tumanida botulizmdan zaharlanish oqibatida oʻlim holati yuz berdi. Millarʼning xabar berishicha, bunga ikki yil davomida saqlangan konservalangan pomidor isteʼmol qilinishi sabab boʻlgan.
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, 11-yanvar kuni bir oilaning toʻrt nafar aʼzosi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. Oʻtkazilgan tahlillar ularda “botulizm” tashxisini tasdiqladi.
Davolanishdan soʻng 3 nafar bemor sogʻayib, shifoxonadan chiqarildi. Biroq, jabrlanganlardan biri 20 kun davomida komada boʻlgan va koʻrsatilayotgan tibbiy yordamga qaramay, 1-fevral kuni vafot etgan.