Oʻzbekistondan chiqib ketayotgan pensionerlarga pensiya toʻlash vaqtincha toʻxtatildi

O‘zbekiston

Pensiya jamgʻarmasidan maʼlum qilishlaricha, agar pensioner Oʻzbekistondan tashqariga chiqib ketsa va 3 oydan ortiq vaqt ichida qaytib kelmasa, pensiya toʻlash vaqtincha toʻxtatiladi.

Pensiya jamgʻarmasi uzoq muddatga chet elga ketayotgan fuqarolarga pensiya toʻlash tartibini eslatdi.

“Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga koʻra, pensioner Oʻzbekistondan tashqariga chiqib ketib, 3 oydan ortiq vaqt ichida qaytib kelmasa, pensiya toʻlash vaqtincha toʻxtatiladi.

Pensiya jamgʻarmasi eslatishicha, bu holatda vaqtincha toʻxtatilgan toʻlovlar pensioner Oʻzbekistonga qaytganidan keyin tiklanadi.

Shu bilan birga, fuqaro Oʻzbekistonga qaytganidan keyin pensiya olish uchun murojaat qilishdan oldingi 24 oy uchun toʻlanmagan pensiya summalarini olish huquqiga ega.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.