Bekobod tumanida yuzlab mlrd soʻmlik qum noqonuniy qazib olindi

O‘zbekiston

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tabiatga 100,6 milliard soʻmlik zarar yetkazgan noqonuniy qum qazib olish holatlari aniqlandi. Ekologlar reyd oʻtkazib, 4 nafar fuqaroni qoʻlga oldi. Ish materiallari koʻrib chiqish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Foto: Ekologiya vazirligi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tabiatga 100,6 milliard soʻm zarar yetkazgan noqonuniy qum qazib olish holatlari aniqlandi. Ekologlar ish materiallarini koʻrib chiqish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirishdi.

Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining maʼlum qilishicha, qoidabuzarlik reyd davomida aniqlangan. Toʻrt nafar fuqaro voqea joyida qoʻlga olinib, toʻplangan barcha dalillar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqand viloyatida noqonuniy qum-shagʻal qazib olish holatlari aniqlangandi. Noqonuniy qazib oluvchilar faoliyatidan koʻrilgan zarar 826 milliard soʻmga baholangan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.