Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 1995-yilda imzolangan Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi ikki fuqarolik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini eslatdi.
Ushbu shartnoma bir mamlakat fuqarolariga o‘z fuqaroligidan voz kechmagan holda boshqa mamlakat pasportini olish, ikkala mamlakatda erkin yashash va ishlash, shuningdek, mahalliy aholi bilan teng huquqlardan foydalanish va bir xil majburiyatlarni bajarish imkonini beradi.
Lavrovning ta’kidlashicha, Rossiyada Tojikiston fuqarolari ko‘proq yashashiga qaramay, kelishuv barcha uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi. Shu bilan birga, Rossiya faqat Tojikiston bilan bunday kelishuvga ega, boshqa hollarda esa ikkinchi pasport milliy qonunchilik bilan tartibga solinadi.