24-fevralga o‘tar kechasi Farg‘ona halqa yo‘lining bir qismida tuproq ko‘chkisi qayd etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Hodisa oqibatida avtomobil yo‘lining Farg‘onadan Qo‘qongacha bo‘lgan 288-kilometrida va Qo‘qongacha bo‘lgan 285-kilometrida yo‘l to‘silib qolgan.
Ta’mirlash ishlari davrida transport vositalari harakati Bag‘dod-Dasht-O‘ltarma va Yangiqo‘rg‘on-O‘ltarma-Qaqir yo‘nalishlariga yo‘naltirildi.
Avvalroq, Qozog‘iston senatori Naurizbay Baykadamov O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi avtomobil yo‘lini qurish tashabbusi bilan chiqqani haqida xabar berilgan edi. Yangi trassa Qizilo‘rda viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi yo‘nalishni qariyb 1000 kilometrga qisqartiradi, bu esa savdo, turizm va madaniy aloqalarni osonlashtiradi.