Farrux Sattorov Iqlim o‘zgarishi milliy markaziga rahbar etib tayinlandi

O‘zbekiston

Farrux Sattorov Iqlim o‘zgarishi milliy markazi direktori etib tayinlandi. Bunga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida rahbarlik lavozimida ishlagan. Davlat va biznes tuzilmalarida, shu jumladan, Savdo-sanoat palatasi va “O‘zstandart” agentligida ishlagan.

Farrux Sattorov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi direktori etib tayinlandi. Tegishli buyruq vazirlik rahbari tomonidan imzolandi.

Farrux Sattorov 1986 yil 28 iyulda Jizzaxda tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan, 2023 yilda Tadbirkorlik va biznes oliy maktabida magistrlik darajasini olgan.

Tayinlovga qadar u Ekologiya vazirligi huzuridagi “Ekologik siyosat” departamentini boshqargan. Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi va boshqa tuzilmalarda ishlagan.

Avvalroq Toshkent havosidagi zararli moddalar miqdori 24-fevral tongida me’yordan 14,6 barobarga oshib ketgani haqida xabar berilgandi. Shahar ifloslanish bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinni egallaydi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.