Olmaota aeroportida pichoq ko‘targan erkak havo bandargohi xodimini qo‘lga oldi va uni garovda ushlab turdi, deb yozadi Tengrinews.
Erkak parvozdan oldingi tekshiruv zonasiga kirishga harakat qildi. Undan hujjatlarni ko‘rsatishni so‘rashganida, u to‘satdan xodimni ushlab oldi va unga pichoq qo‘ydi.
Yetti daqiqadan so‘ng politsiya va aeroport aviatsiya xavfsizligi xizmati hujumchini zararsizlantirgan. Jinoyatchi qo‘lga olinib, tergov ishlari olib borilmoqda.