Andijon viloyati Izboskan tumanidagi masjidlardan birida gaz portladi. FVV matbuot xizmati qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Voqea 31-mart kuni sodir boʻlgan. Soat 12:19 da “Mirzo Ulugʻbek” MFY hududida joylashgan Ahmadali hoji masjidida gaz-havo aralashmasi chaqnashi haqida xabar kelib tushgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida olti kishi jabrlangan. Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati va masʼul xodimlari yetib borgan.