Oʻzbekistonga bahoriy iliqlik qaytdi

O‘zbekiston

Yogʻingarchilik kutilmaydi, baʼzi joylarda issiq boʻladi.

31-martda Oʻzbekistonda issiq qaytadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Prognozni Oʻzgidromet taqdim etdi.

Harorat kechasi 7-15 daraja iliq atrofida boʻladi, kunduzi 20-30 daraja iliq atrofida saqlanib turadi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 24-26 daraja issiq boʻladi.

Togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.