9-aprel kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Prognozni Oʻzgidromet taqdim etdi.
Harorat kechasi 12-18 daraja iliq atrofida boʻladi, kunduzi 18-32 daraja issiqda saqlanib turadi.
Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 26-28° boʻladi.
Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida 2000 m dan yuqorida qor koʻchishi xavfi bor. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.