Dam olish kunlari Oʻzbekistonda havo issiq boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi

O‘zbekiston

Sinoptiklar momaqaldiroq boʻlishini ham bashorat qilishmoqda.

Foto: Sputnik

Dam olish kunlari Oʻzbekistonning ayrim hududlarida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoli-gʻarbiy hududlarda - Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining choʻl zonasida 12-aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Oʻzgidromet ob-havo maʼlumotini taqdim etdi

13-aprelda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻirlar faqat kechga tomon yogʻadi. Surxondaryo viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Koʻpchilik viloyatlarda shu kunlarda juda iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 27-32 daraja atrofida, baʼzi joylarda 34 darajagacha, janubda 36 darajagacha boʻladi. Faqat respublikaning shimolida 12-aprelda harorat 18-23 darajagacha pasayadi, ammo 13-aprelda harorat yana koʻtarila boshlaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda 11-12-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi, 13-aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Toshkentda asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻladi, faqat 13-aprel kuni kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan kuchsizdan oʻrtachagacha esadi. Harorat asosan kechasi 14-19 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.