Namanganda homilador ayol tanasining 70 foizi kuyib ketdi

O‘zbekiston

Shunga qaramay, u farzandini mustaqil ravishda dunyoga keltira olgan.

Namanganda homiladorlikning toʻqqizinchi oyida boʻlgan ayol gaz portlashi oqibatida ogʻir kuyish jarohatini oldi. Bu haqda Millar reportajida batafsil maʼlumot berilgan.

Ovqat pishirish paytida gaz ballonining yonishi natijasida jarohat oldi. Aniqlik kiritilishicha, yongʻin plita va ballon oʻrtasida sodir boʻlgan.

Ayol 70 foiz kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shunga qaramay, u farzandini mustaqil ravishda dunyoga keltira olgan. Yangi tugʻilgan chaqaloqning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda.

Qayd etilishicha, ayol olgan kuyish jarohatlarining 35 foizi bitish bosqichida. Toʻliq tiklanish jarayoni taxminan ikki yil davom etishi mumkin.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.