
Ekologik partiya deputati “Anhor-Lokomotiv” bogʻi qurilishi qonuniyligini tekshirishni soʻradi
Toshkent aholisi “Anhor-Lokomotiv” bogʻi qurilishi mumkinligidan xavotirda. Ijtimoiy tarmoqlarda uy-joy, mehmonxona va sport majmuasi qurilishi rejalashtirilayotgani haqida maʼlumotlar tarqalib, norozilik toʻlqinini keltirib chiqardi. Deputat Baxtiyor Poʻlatov ushbu loyihalarning qonuniyligini tekshirishni soʻradi, faollar esa yashil hududni saqlab qolish uchun imzo yigʻishni boshladi.